
Samarqandda o'zimiz boqqan halol tovuq
Venger ROSS 308 zotli jo'jalarni o'z fermalarimizda boqamiz va o'z liniyamizda so'yamiz: jo'jadan qadoqqacha butun yo'l bir qo'lda.
- tashkil topgan yil
- 2012
- xodim
- 240
- o'zimizda yetishtiriladi
- 100%
- qo'lda so'yiladi
- Halol
Siyob Ferma haqida
«SIYOB FERMA» Broyler tovuq go'shti ishlab chiqaruvchi korxonamiz Samarqand viloyatida joylashgan bo'lib, bugungi kunda yuqori sifatli tovuq go'shti mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda yetakchi o'rinlarni egallab kelmoqda.


2012-yildan beri
Kompaniyamiz 2012-yil tashkil topgan bo'lib, 240 ta ishchi o'rniga ega. Kunlik faoliyatimiz davomida 40 000 tadan ziyod broyler jo'jalarini so'yib, xalqimizga sifatli va halol mahsulot yetkazib bermoqdamiz.

O'z halol liniyamiz
Boshqa raqobatchilarimizdan asosiy afzallik jihatimiz shundaki — HALOL standartlariga muvofiq va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tovuq so'yish liniyasiga egamiz. Bu esa xalqimizning bizga bo'lgan ishonchini yanada orttiradi.
10 mln
tovuq yiliga, ROSS 308 zoti
Uchta yirik ferma
«SIYOB FERMA» korxonasi tasarrufida uchta yirik tovuq fermalari bo'lib, ular yiliga 10 000 000 dona tovuqning eng yaxshi navlaridan biri bo'lgan «Venger ROSS 308» navidan yetkazib berishadi. Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan parranda go'shti o'zining ajoyib ta'mi va yuqori ozuqaviy qiymati bilan mashhur — qimmatli parhez mahsulotdir.
Ko'p beriladigan savollar
Albatta! Siyob Ferma xalqaro halol sertifikatiga ega va halollik talablariga qat'iy rioya qiladi!
Biz broyler jo'jalarini hali kichikligidayoq sotuvga chiqaramiz. Aynan shuning uchun Siyob Ferma tovuqlari yumshoqqina va mazali bo'ladi!
Bizning fermamiz Samarqand viloyatining, Toyloq tumanida joylashgan. Deyarli barcha viloyatlarda dilerlarimiz mavjud!
Biz bilan bog'laning. Ko'rsatilgan raqamlarga qo'ng'iroq qiling, yoki biz bilan aloqa bo'limida o'z raqamingizni bizga yuboring!
Javob topmadingizmi? Bizga qo'ng'iroq qiling
